NATO Ukrainani qo‘llashga va’da berdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali suhbatlashdi va mamlakatga qilingan hujumlarni qoraladi, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga va’da berdi. 

“Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan gaplashib, Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga dahshatli hujumlarini qoraladi. NATO Kreml tajovuziga qarshi jasur Ukraina xalqini qancha vaqt kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, deb yozdi u bugoun, 10 oktyabr kuni Twitter’da. 

10 oktyabr kuni ertalab Yevropa Ittifoqi ham Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga qilingan hujumlarni qoralab, Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam va’da qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bugun, 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing