NATO Ukrainadagi urush qancha davom etishi bo‘yicha xulosa berdi

Olam

image

NATO ekspertlari Ukrainadagi janglar uzoq vaqt davom etishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda bugun, 19 iyul kuni NATO Bosh kotibining razvedka va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Kettler ma’lum qildi. 

Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini yakunlash istiqbollari haqida gapirar ekan, u shunday ta’kidladi:  

“Biz urush tez orada tugashini ko‘rmayapmiz. Aslida, afsuski, bu urush juda uzoq davom etishini ko‘rsatadigan yana ko‘p belgilar mavjud. O‘ylaymanki, biz hammamiz buni juda yaxshi tushunamiz”, deydi Kettler “Razvedka va milliy xavfsizlik ittifoqi” Amerika nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan onlayn seminarda.

Uning qayd etishicha, urushning oxiri ko‘rinmayotgani uchun ham NATO ittifoqchilari davlat rahbarlari keng qamrovli yordam paketlari, tez-tez maslahatlashuvlar va juda uzoq muddatli majburiyatlarni kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga taklif qilishga qaror qildilar va bu davlatlarning harbiy-siyosiy blokga kirishi bo‘yicha protokollarni imzolashga kelishib oldilar.

Shuningdek, tashkilotning 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi konsepsiyasida Rossiya NATOga "eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri" tahdid deb e’tirof etildi

Qolaversa, alyans Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishini NATO qadriyatlariga zid deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing