NATO TIV rahbarlari norasmiy sammit o‘tkazadi
Olam
−
25 aprel 2022
5051Joriy yilning 14-15 may kunlari Berlinda NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda alyansning rasmiy vakili Oana Lungesku ma’lum qildi.
“14-15 may kunlari Berlinda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg raisligida NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, deb yozgan Lungesku Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-7 aprel kunlari NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Bryusselda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgandi.