NATO sammitidan so‘ng Ukraina yanada kuchaydi – Zelenskiy
Olam
−
13 iyul 2023
5881Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOning Vilnyusdagi sammitidan so‘ng mamlakat Qurolli kuchlari yanada kuchayganini aytdi. Bu haqda davlat rahbari navbatdagi videomurojaatida ma’lum qildi.
“Uyga yaxshi natija bilan qaytyapmiz. Endi Qurolli kuchlarimizda yangi havo mudofaasi, raketalar, zirhli transport vositalari va artilleriyalar bor. NATO sammitidan so‘ng Ukraina yanada kuchaydi”, deydi Ukraina Prezidenti
Zelenskiyga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuvlar vaqtida Kiyev Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish poydevorini qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Endilikda mamlakat eng kuchli tomonlar bilan ikki yoqlama xavfsizlik shartnomalarini tuzadi.
Biroq Ukraina siyosatchilari NATO sammitida Kiyev barcha maqsadlariga erishmaganini ta’kidlamoqda. Oliy Rada vitse-spikeri Yelena Kondratyukning fikricha, sammit natijalari tashkilotni Ukrainaning NATOga qo‘shilish taklifini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz Ukrainaga yana 30 ta Bushmaster harbiy mashinasini berishi hamda Norvegiya Mudofaa vazirligi Kiyevga mingta Black Hornet uchuvchisiz uchish qurilmasini tekinga berishi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi