NATO sammiti boshlandi. Rossiya va Xitoy avtoritar rejim deyildi

Olam

image

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida NATOga a’zo davlatlar davlat va hukumat rahbarlarining sammiti boshlandi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina bo‘yicha birinchi sessiyada so‘zga chiqib, sammitda Rossiya va Xitoy kabi avtoritar rejimlar mavjud dunyo tartibiga qarshi kurashayotgan yanada raqobatbardosh dunyoda NATOni mustahkamlash uchun muhim qarorlar qabul qilinishini aytdi. 

Sammit ishtirokchilari NATOning yangilangan strategik konsepsiyasini qabul qilishlari kerak, bu esa alyansning yangi “Yo‘l xaritasi”ga aylanadi. 

“Shvetsiya va Finlyandiya tufayli NATOning tahdidlarning oldini olish va mudofaa salohiyati mustahkamlanadi, butun dunyo NATO eshiklari ochiq ekanini ko‘radi”, deya davom etdi harbiy-siyosiy blok rahbari. 

Stoltenbergning ta’kidlashicha, sammit doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOga a’zo davlatlar rahbarlariga murojaat qiladi va Ukrainani keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash paketi ham tasdiqlanadi. 

O‘z navbatida, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches sammitda qabul qilinadigan qarorlar NATOning kelasi 10 yildagi imkoniyatlari va resurslaridan foydalanishni belgilashini aytdi. 

“Dunyo bizni kuzatmoqda. Biz barchaga o‘z birligimiz va hamjihatligimiz va umidlarni oqlay olishimizni ko‘rsatamiz”, deya davom etdi Ispaniya hukumati rahbari. 

Sanches, shuningdek, Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiyani Skandinaviya davlatlarining Ittifoqqa kirishi bo‘yicha konsensusga erishgani bilan tabrikladi. 

“Bu ikki davlatning NATOga a’zo bo‘lishi muhim burilish nuqtasi bo‘ladi”, deya xulosa qildi Bosh vazir


Maqola muallifi

Teglar

NATO sammiti

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing