Bayden Zelenskiyni yanglishib Putin deb chaqirdi (video)
Olam
−
12 iyul
10583AQSH yetakchisi Jo Bayden kecha, 11 iyul kuni Vashingtondagi NATO sammiti paytida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanishtirayotganda yanglishib Prezident Putin deb chaqirdi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.
“Endi men so‘z navbatini katta jasoratga ega bo‘lgan, qat’iyatli Ukraina Prezidentiga topshirmoqchiman. Xonimlar va janoblar, Prezident Putin”, degan Bayden.
Shundan so‘ng, xatosini tushunib yetgan Jo Bayden “u Prezident Putinni mag‘lub etadi, Prezident Zelenskiy”, deya so‘zini to‘g‘rilagan.
Ukraina Prezidenti esa “men yaxshiroqman” deya minbarga yaqinlashgan. AQSH Prezidenti ham, o‘z navbatida “ha, siz ancha yaxshiroqsiz”, deya javob qaytargan.
“Baydenning katta tadbirda adashishi, hattoki, munosabatlari keskinlashgan davlatlar rahbarlarining ismini adashtirib yuborgani OAVning katta e’tiborini tortdi. Chunki u joriy yilning iyun oyidagi halokatli debatlardan so‘ng, noyabr oyida ba’zi demokratlarning partiyadan nomzod sifatida chetga chiqish haqidagi chaqiriqlarini rad etayotgandi. Endi esa vaziyat qiyinlashishi mumkin”, deya yozgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tgandi. Shuningdek, Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emasligi hamda ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimaganligini aytib chiqqandi.
LiveBarchasi