NATO Rossiyani jilovlay olmayotgani aytildi

Olam

image

AQSHning Yevropadagi armiyasining sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general Ben Xodjs NATO Rossiyani to‘xtatib turish uchun harbiy faollikka ega emasligini aytdi. Bu haqda sobiq qo‘mondon “Washington Post” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan

“Ruslardan tezroq bo‘lish samarali to‘sqinlik qilish uchun muhim bo‘lgan yagona vositadir. Biz hali ham buni qila olmayapmiz. Harbiy harakatchanlik hamon muammo bo‘lib qolmoqda”, deydi u.

Nashrning tahlilchilar va yuqori martabali amaldorlar bilan suhbatlarga tayanib aytishicha, NATO “bir qarich hududni yo‘qotmasdan Rossiyani qaytara olishi”gacha hali ancha vaqt bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Avstraliya armiyasining iste’fodagi generallari Ukrainaning rejalashtirgan qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz tugasa, G‘arb yordami butunlay to‘xtatilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.  Shuningdek, Amerika razvedka xizmatining ma’lumotlar sizib chiqishi oqibatida maxfiyligi oshkor etilgan hisobotida misli ko‘rilmagan sanksiyalarga qaramay, Rossiya kamida yana bir yil urushni davom ettirish uchun yetarli mablag‘ga egaligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing