NATO Rossiya janubida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Olam
−
12 mart 2022
12452Joriy yilning 20-25 mart kunlari Rossiya janubida joylashgan Gruziya hududida Gruziya-NATO qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Gruziya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
“Joriy yilning 20-25 mart kunlari Gruziya-NATO qo‘shma o‘quv va baholash markazi hududida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ko‘pmillatli mashg‘ulotlarda NATOga a’zo va hamkor 23 davlat vakillari ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Mashg‘ulotlarning maqsadi operatsiyalarni rejalashtirish va tajriba almashish ko‘nikmalarini oshirish ekani aytilgan. Mudofaa vazirligida ta’kidlanishicha, ular turli mamlakatlar harbiy xizmatchilari harakatlarining uyg‘unligini oshirishga yordam beradi.
Mashg‘ulotlar 2014 yilda Uelsdagi sammit yakunlari bo‘yicha respublika qabul qilingan Gruziya-NATO muhim chora-tadbirlar paketi asosida o‘tkaziladi. Bunday qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari oxirgi marta 2019 yilda o‘tkazilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Gruziya 1990-yillarning oxiridan beri NATO bilan hamkorlik qilib keladi.
Avvalroq, NATO 30 000 askar ishtirokida Norvegiyada katta mashg‘ulotlarni boshlashi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi