NATO 30 ming askar ishtirokida mashg‘ulot boshlayapti
Olam
−
12 mart 2022 10444 1 daqiqa
NATO 30 000 askar ishtirokidagi katta mashg‘ulotlarni boshlamoqda. Ular Norvegiyada bo‘lib o‘tadi. Tegishli bayonot NATOda e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, bu yil NATO qo‘shinlari ishtirokidagi eng yirik mashg‘ulot bo‘lgan Cold Response-2022 mashg‘ulotlari joriy yilning 14 mart kuni boshlanadi.
“Kelgusi haftalarda ittifoqchilar va hamkorlar qurolli kuchlari mashqlar o‘tkazadi. Bizning qurolli kuchlarimiz har qanday tahdid yoki inqirozga javob berishga, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz xavfsizligini ta’minlashga tayyor”, deyilgan NATO xabarida.
Mashg‘ulotlarda Yevropaning 25 dan ortiq davlati va Qo‘shma Shtatlar shimolidan 30 mingga yaqin harbiy xizmatchi, 200 samolyot va 50 kema qatnashadi. Harbiylar quruqlikda, havoda va dengizda mashq qiladi.
Alyansning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar 8 oy oldin e’lon qilingan.
“Bu Rossiyaning Ukrainaga asossiz bostirib kirishi bilan bog‘liq emas”, deyiladi alyans xabarida.
Avvalroq, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson NATO rus xalqiga nisbatan dushmanlikni his qilmasligini va Rossiyaning buyuk davlat sifatida mavjudligiga shubha qilmasligini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr