NATO Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasligini tan oldi – manba 

Olam

image

NATO Rossiya Ukrainaga “bosqin qilishni rejalashtirmaganini” tan oldi. Bu haqda “Euractiv” portali alyansdagi manbaga tayanib xabar bergan.  

Portalning yozishicha, “NATOdagi manbaga ko‘ra, Rossiya bosqin qilishni rejalashtirmayapti”. 

Manbaga ko‘ra, buning uchun Ukraina chegaralari yaqinida go‘yoki “hozirgi vaqtda joylashtirilgan”dan farq qiladigan harbiy imkoniyatlar kerak. Shu bilan birga, u bu vaziyatda “ertaga keskinlikni pasaytirish variantlari borligini” ta’kidlagan. 

Kiyev va G‘arb davlatlari so‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida “tajovuzkor harakatlari” kuchayganidan xavotir bildirgan. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlar o‘z hududi doirasida va o‘z xohishiga ko‘ra harakatlanayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni tashvishga solmasligi kerak. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, Rossiya Ukraina atrofidagi mojaro uchun hech qanday bahona yaratmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

878

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing