NATO Rossiya referendumlarini tan olmaydi – Stoltenberg
Olam
−
27 Sentabr 2022
8145NATO Ukrainadagi referendum natijalarini tan olmaydi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi Yens Stoltenberg so‘z ochdi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Men hozirgina Prezident Zelenskiy bilan gaplashdim. Biz NATO ittifoqchilari Ukraina suvereniteti va o‘zini himoya qilish huquqini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini aniq aytdik. Rossiya tomonidan o‘tkazilgan soxta referendumlar qonuniylikka ega emas va xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Bu yerlar – Ukrainadir”, deb yozgan Stoltenberg.
Shuningdek, NATO Bosh kotibi bugun Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha milliy qurol direktorlarini favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi va unda u alyans davlatlarini imkon qadar tezroq qurol zaxiralarini to‘ldirishga chaqirgan.
“NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg seshanba kuni NATO shtab-kvartirasida Milliy qurol-yarog‘ bo‘yicha direktorlar konferensiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirdi”, deyiladi alyans bayonotida.
Uchrashuv Ukrainadagi jangovar harakatlar oqibatlariga, jumladan, ittifoqchilar salohiyati va o‘q-dorilar zaxirasiga bag‘ishlangan.
“Bosh kotib ittifoqchilarni imkon qadar tezroq ta’minotni davom ettirishga chaqirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, zaxiralar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga yordam beradi.
“NATO arsenallarining ko‘payishi bizga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimizga imkon beradi. Biz NATO ittifoqchilari sifatida va sanoat bilan birgalikda o‘q-dorilarimiz zaxirasini to‘ldirishda va Ukrainaga zaruriy yordam ko‘rsatishda davom etishimiz kerak”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 sentyabr kuni tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlarda ovoz berish yakunlandi.
Rossiya Federatsiyasidagi saytlardan olingan natijalar
Bayonnomalarning 22,48% dan ortig‘i ko‘rib chiqilgandan so‘ng DXRning Rossiyaga qo‘shilishi 98,35% tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Bayonnomalarning 21,11 foizini qayta ishlash natijasida LXRning Rossiyaga qo‘shilishi 97,83 foiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Bayonnomalarning 60 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra Zaporoje viloyatining Rossiya Federatsiyasiga kirishi 97,75 foiz tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Bayonnomalarning 61 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Xerson viloyatining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi 96,44 foiz qo‘llab-quvvatlagan.
Saylovchilar soni va maydondan olingan natijalar
Xersonda ovozlarni sanash allaqachon boshlangan va DXRda saylov uchastkalari yopilgan.
Xerson viloyatida o‘tkazilgan referendumda 11,62 foiz ovozni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, 87,42 foizi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishni yoqlagan.
Zaporoje viloyatida referendumda ovoz berganlarning 92,04 foizi protokollarning 3 foizini qayta ishlagandan so‘ng uning Rossiyaga kirishini qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi