NATO Rossiya chegaralarida o‘z mavjudligini oshirishda davom etadi – Ryutte 

Olam

image

NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun Rossiya chegaralarida o‘zining harbiy ishtirokini ko‘paytirish, qurol ishlab chiqarish va sotib olishni davom ettiradi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Biz Ukrainani ta’minlash va omborlarimizni to‘ldirish uchun harbiy ishlab chiqarishni tez sur’atda oshiramiz”, dedi u.

Ryutte, shuningdek, alyans “sharqiy qanotdagi mavjudligini oshirishda” va yangi qurollar, birinchi navbatda, havo mudofaasi, artilleriya tizimlari va 5-avlod zarba beruvchi samolyotlarni sotib olishda davom etishini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bryusseldagi yig‘ilishda NATO davlatlari NATO qurollarini standartlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish, shuningdek, alyansning “innovatsion harbiy salohiyati uchun umumiy standartlar”ni, jumladan, uchuvchisiz tizimlarni ishlab chiqishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO alyansi Mudofaa vazirlari a Moskvaga bo‘lgan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni boshlashi xabar qilingandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing