NATO koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qarshi tayyorgarlik boshladi

Olam

image

NATO rahbariyati koronavirus pandemiyasining ikkinchi ehtimoliy to‘lqiniga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Welt am Sonntag” nashriga bergan intervyusida alyans rahbari Yens Stoltenberg ma’lum qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO yangi infeksiya yuzaga kelgan taqdirda tibbiy materiallar va asbob-uskunalarni tezkor tashish uchun resurslar tayyorlashni rejalashtirmoqda.

"Biz o‘z rejamizni NATO a’zolari va alyans bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan hamkor-davlatlarga yaxshiroq va tezroq yordam berishimiz uchun muvofiqlashtirishimiz kerak", dedi Stoltenberg.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rejani tayyorlash yaqin kelajakda yakunlanadi. U iyun o‘rtalarida Ittifoq mudofaa vazirlarining videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing