Stoltenberg Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini qoraladi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoralab, Turkiya va dunyodagi musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunish bilan qabul qilishini aytdi. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni Anqarada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Men Stokgolmda Qur’onning yoqib yuborilishi Turkiyada kuchli reaksiyaga sabab bo‘lganini bilaman. Turkiyadagi va butun dunyo musulmonlarining his-tuyg‘ularini tushunaman va ularga sherikman. Shuning uchun men Qur’onning yoqib yuborilishini keskin qoralayman va Shvetsiya boshqa bunday xatti-harakatlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lganini olqishlayman”, deydi u. 

Shuningdek, ushbu holatga nisbatan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavludj Chavusho‘g‘li ham munosabat bildirib, shunday dedi: 

“Shvetsiya va boshqa Yevropa davlatlarida Qur’onni yoqish voqealari Islomga qarshi kayfiyatning yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Islomga qarshi kayfiyat, harakatlar jinoyatdir. Bunga qarshi kurashish kerak. Bu noqonuniy harakat”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi oxirida o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni omma oldida yoqib yuborgan edi. U o‘z nutqida NATO, Anqara va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tanqid qildi. Ushbu harakat Shvetsiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirdi va Stokgolmning NATOga kirish jarayonini to‘xtatdi. Erdo‘g‘an, xususan, Stokgolmdagi bu va Turkiyaga qarshi boshqa harakatlardan so‘ng Shvetsiya Anqaradan uning NATOga a’zo bo‘lish arizasini qo‘llab-quvvatlashini kutmasligi kerakligini aytdi. Hozircha faqat Turkiya va Vengriya Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga qo‘shilish haqidagi arizalarini ratifikatsiya qilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made