NATO Bosh kotibi Armanistonda olib borilayotgan siyosatni maqtab chiqdi 

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Yerevanga tashrifi doirasida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni Bosh vazir matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ular Armaniston-NATO hamkorligi, mintaqaviy jarayonlar, Yerevan va Baku o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan. Pashinyan NATO Bosh kotibining mamlakatga tashrifidan mamnun ekanini bildirgan.

“Bosh kotib delegatsiyasining Armaniston Respublikasiga tashrifini qutlayman. Ushbu tashrif amalga oshirilayotganidan juda xursandman, chunki bu bizning keng ko‘lamli kun tartibimizni muhokama qilish uchun juda yaxshi imkoniyatdir”, degan u. 

Pashinyanga ko‘ra, Armaniston NATO bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor va mamlakat uchun individual dastur imkon qadar tezroq qabul qilinishini intiqlik bilan kutilmoqda. U Yerevan NATO va tashkilotning ayrim davlatlari bilan mavjud siyosiy muloqotni rivojlantirish tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

“Mintaqamizda sodir bo‘layotgan voqealarni hisobga olgan holda, Armaniston uchun tegishli mudofaani mustahkamlash va rivojlantirish nihoyatda muhim”, degan Bosh vazir. 

O‘z navbatida, Yens Stoltenberg Pashinyanning ko‘p yillar davomida NATO, turli missiyalar va operatsiyalarda qatnashgani va Armanistonning Kosovo missiyasidagi ishtirokini eslab o‘tgan. Armaniston uchun individual qabul dasturlarini tashkil etish orqali o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanini bildirgan.

"Albatta, biz sizning suverenitetingiz va hududiy yaxlitligingizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, biz muhim deb hisoblagan eng mustaqil tashqi rivojlanish siyosatini olib borish bo‘yicha harakatlaringizni yuqori baholaymiz. Men shaxsan sizning rahbarligingiz va Armanistonning majburiyatlariga qoyil qolaman. Demokratik institutlar, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan harakatlaringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz, shuningdek, Armanistonga Ukraina uchun o‘z vaqtida gumanitar yordam ko‘rsatayotgani uchun tashakkurimni bildiraman”, degan u. 

Armaniston Bosh vaziri xalqaro hamjamiyatdan, jumladan NATOdan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida ma’lum va kelishilgan tamoyillarga asoslangan tinchlik jarayoni, shuningdek, majburlash va tahdid siyosatini so‘zsiz rad etish uchun kuchli qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 mart kunlari NATO Bosh kotibi Ozarbayjon va Gruziyaga borgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Armaniston Yens Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing