Lukashenko NATOga qarshi isbotsiz ayblov bilan chiqdi

Olam

image

NATO va bir qator Yevropa davlatlari Belarusga qarshi ehtimoliy tajovuz variantlarini ko‘rib chiqyapti. Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bugun, 10 oktyabr kuni harbiy-kuch bloki rahbarlari bilan majlisda shunday isbotsiz iddao bilan chiqdi.

“G‘arbda Belarus armiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina hududida “maxsus harbiy operatsiya”ga kiradi, degan fikr paydo bo‘lmoqda. Bu yolg‘onlarga berilib, Shimoliy Atlantika alyansi va bir qator Yevropa davlatlari harbiy-siyosiy rahbariyati hozirdanoq mamlakatimizga qarshi yadroviy zarbagacha bo‘lgan ehtimoliy tajovuz variantlarini ochiq ko‘rib chiqmoqda”, deydi siyosatchi so‘zlariga hech qanday isbot keltirmagan holda.

Avvalroq Lukashenko Kiyevning Belarusga qarshi front ochish iddaosi bilan chiqib, bu harakatni “harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish” ekanligini, ammo jarayon boshlanganini aytdi. U hozirgi vaziyatda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qo‘shinlarning qo‘shma mintaqaviy guruhini joylashtirish bo‘yicha kelishib olganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu guruhni shakllantirish ishlari ikki kundan beri davom etmoqda.

Shuningdek, Lukashenko Belarusda 1000 dan ziyod rossiyalik harbiylarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘rsatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing