NATO Afg‘onistondan qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng nima qilmoqchiligini aytdi

Olam

image

NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqanidan keyin ham afg‘on xavfsizlik kuchlarining tayyorgarligi bilan shug‘ullanishda davom etadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

“Biz Afg‘onistondagi harbiylarimiz sonini nolga yetkazishga qaror qildik. Ammo boshqa yo‘nalishlarda yordam berishni faollashtiramiz, afg‘on xavfsizlik kuchlarining salohiyatini oshirish, ularni moliyalashtirish, mashq o‘tkazish, shu jumladan mamlakat tashqarisida qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Stoltenberg.

Ma’lumot uchun, ertaga, 1 iyun kuni ittifoqchi davlatlarining tashqi ishlar va mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yubordi.   

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. 

14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston NATO

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing