NATO 36 yil ichida eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda
Olam
−
25 yanvar
6100NATO 24 yanvar kuni Steadfast Defender-24 mashqlarini boshladi. Bu Shimoliy Atlantika alyansining 1988 yildan buyon eng yirik harbiy mashg‘ulotlari bo‘ladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Steadfast Defender-24 AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Gunston Hall amfibiya hujum kemasining Virjiniya shtatining Norfolk portidan jo‘nab ketishi bilan boshlandi, keyinchalik u Atlantika okeani bo‘ylab suzib o‘tadi. Bu mashqdagi birinchi taktik manyovrdir.
Yanvar oyi oxirigacha Kanada harbiy-dengiz kuchlarining Charlottetown kemasi Galifaks portidan Yevropaga suzib ketadigan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
"Steadfast Defender-24 bizning birligimiz, kuchimiz va bir-birimizni, qadriyatlarimiz va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni himoya qilish uchun qat’iyatliligimizning yorqin namoyishi bo‘ladi", deya izohladi Ittifoqdosh kuchlarning Yevropadagi Oliy qo‘mondoni, general Kristofer Kavoli.
Rejada bir necha yil davom etgan Steadfast Defender-24 mashqi NATOning Yevropa mudofaasini mustahkamlash uchun Shimoliy Amerika va Ittifoqning boshqa qismlaridan kuchlarni tezlik bilan joylashtirish qobiliyatini namoyish etadi.
Mashqlar davomida NATO, ehtimol, Rossiyadan bo‘lgan hujumga javob berish uchun mudofaa rejalarini amalga oshirishni mashq qiladi. NATO o‘z bayonotida Rossiya Federatsiyasini tilga olmagan.
“Biroq alyansning asosiy strategik hujjatida Rossiya NATO a’zolari xavfsizligiga eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid deb ataladi”, deb yozadi nashr.
Mashg‘ulotlarda 90 mingga yaqin harbiy xizmatchi, harbiy-dengiz kuchlarining 50 ta kemasi, 80 ta samolyot va 1100 dan ortiq jangovar texnika ishtirok etadi.
LiveBarchasi