“Nasaf” argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Qashqadaryo viloyatining “Nasaf” klubi argentinalik Andres Chavez bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 iyul kuni Qarshi klubi 32 yoshli argentinalik markaziy hujumchi bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Andres Chavez faoliyati davomida “Boka Xuniors”, “Vilsterman”, “Hurakan”, “Panatinaikos” va “Benfild” kabi jamoalarda to‘p surgan. 

“Umid qilamizki Andres Chavez jamoamizga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. “Nasaf” oilasiga xush kelibsan, Andres”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, “Nasaf” O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasidan so‘ng 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Germaniyaning “Kayzerslautern” klubi tarbiyalanuvchisi Kimi Merk va Polsha milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mixal Kuxarchik bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Nasaf argentinalik Andres Chavez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing