NASA yangi galaktikani kashf qildi

Bu qiziq

image

NASA’ning Jeyms Uebb kosmik teleskopi ancha uzoqda joylashgan “Kosmik shafaq" deb nomlangan galaktikani kashf qildi. Bu haqda NASA’ning axborot nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oxirgi ikki yil davomida olimlar NASA’ning Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida “Kosmik shafaq” deb atalgan koinotning uzoqda joylashgan o‘rnini o‘rgangan. Galaktika hayratlanarli darajada yorqin va kengligi 1600 yorug‘lik yiliga teng.

Ta’kidlanishicha, “Kosmik shafaq” katta portlashdan keyingi bir necha yuz million yil ichida birinchi galaktika sifatida paydo bo‘lgan. Ushbu galaktika koinot juda yosh bo‘lganida gazlar, yulduzlar va qora tuynuklar qanday o‘zgarganligi haqida muhim ma’lumot beradi. Bu hayratlanarli natija kelajakda koinot qanday paydo bo‘lganini anglashga katta yordam berishi mumkin.

“Galaktikaning o‘lchami yorug‘likning katta qismini osmondagi o‘ta massiv qora tuynuk ustiga tushadigan material emas, balki ko‘p sonli yosh yulduzlar hosil qilishini aniq isbotlaydi”, deydi Garvard professori va astronomiya kafedrasi mudiri Daniel Eyzenshteyn.


Maqola muallifi

Teglar

NASA galaktika teleskop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing