NASA Oyga superog‘ir raketa uchirmoqchi
Bu qiziq
−
27 noyabr 1750 2 daqiqa
Orion kosmik kemasi AQSHning Florida shtatidagi Kennedi nomidagi kosmik markazda SLS (Space Launch System) superog‘ir raketasi bilan birlashtirildi va Artemis II missiyasi uchun tayyor holga keltirildi. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, kema bir vaqtning o‘zida yashash moduli ham hisoblanadi. Unda barcha muhim tizimlar jamlangan: navigatsiya, elektronika, radiatsiyadan himoya, ulkan issiqlikdan himoya qiluvchi ekran.
2026 yilning fevral-aprel oylarida raketa NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox hamda Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Xansenni Oy orbitasiga yetkazishi kerak.
Bu 1972 yildagi Apollo 17’dan keyingi Oyga birinchi bor odamlar bilan amalga oshiriladigan missiya bo‘ladi. Taxminan 10 kun davom etadigan parvoz chog‘ida astronavtlar Oy atrofida aylanib chiqadi, shuningdek, kosmosda kema tizimlarining ko‘plab sinovlarini o‘tkazadi. Insonning Oy yuzasiga qo‘nishi esa 2027 yilga rejalashtirilgan navbatdagi parvoz vaqtida amalga oshiriladi.
Kelgusi haftalarda Kennedi bazasida uchishdan oldingi mashg‘ulot o‘tkaziladi. Ekipaj skafandrlarni kiyib, raketa oldiga yo‘l oladi, so‘ng kemaga joylashtiriladi va so‘nggi daqiqalardagi teskari sanoq holati sun’iy tarzda bajariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Florida shtatidagi Kanaveral miqyosidagi kosmodromdan ishga tushirilgan “Nyu Glenn” og‘ir yuk tashuvchi raketasi ikki bir xil zondni yer orbitasiga olib chiqqandi. Bu zondlar Marsga yo‘l olib, u yerda bir qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi. Raketani milliarder Jeff Bezosga qarashli amerikalik Blue Origin aerokosmik korporatsiyasi ishlab chiqargan.
Live
Barchasi