NASA Marsda ilk vertolyot parvozini amalga oshiradi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

NASA Mars bo‘ylab ilk bor Ingenuity vertolyotini uchirishga urinib ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NASA'ning veb-saytida xabar berilgan.  

Bu Yerdan tashqaridagi birinchi parvoz bo‘ladi. U 11 apreldan keyin amalga oshiriladi. 

Birinchi reysning translyatsiyasini parvoz amalga oshirilgandan bir necha soat o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda va agentlikning veb-saytida ko‘rish mumkin. 

Vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgan. 

Rover parvoz paytida qo‘llab-quvvatlaydi, suratga oladi, atrof-muhitga oid ma’lumotlarni to‘playdi va vertolyotning Yerdagi missiya nazoratchilari bilan aloqa qilishiga imkon beradigan bazaviy stansiyani o‘zida joylashtiradi. 

Ta’kidlanishicha, parvoz sanasi o‘zgarishi ham mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing