NASA koinotda “Rojdestvo archasi”ni suratga oldi
Bu qiziq
−
20 dekabr 2023 12088 1 daqiqa
Amerikalik tadqiqotchilar koinotda katta Rojdestvo archasiga o‘xshash samoviy jismlarning ajoyib porlashini suratga oldi. Ushbu suratni “Chandra” rasadxonasi e’lon qildi.
Rasadxona tadqiqotchilari koinotdagi g‘ayrioddiy yulduzlar klasterini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yulduzlarning yoshi bir milliondan besh million yilgacha.
“Ushbu rasmda Rojdestvo daraxtiga o‘xshashlik tasvir va rangni aylantirish orqali kuchaytirildi. Optik ma’lumotlar daraxt shoxlari va ignalari shaklini yaratadi. Chandra tomonidan aniqlangan rentgen nurlari ko‘k va oq yorug‘lik ko‘rinishida paydo bo‘lgan, shuning uchun ular daraxtdagi porlab turgan gulchambarlarga o‘xshaydi”, deb tushuntirgan NASA.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust