NASA 4 mlrd dollarlik teleskopni fazoga uchirdi

Bu qiziq

image

Kecha, 30 avgust kuni NASA Floridadagi Kennedi nomidagi kosmodromdan qiymati taxminan 4 milliard dollarga teng yangi “Nancy Grace Roman Space Telescope” kosmik teleskopini fazoga uchirdi. Bu haqda NASA saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, apparat SpaceX kompaniyasining Falcon Heavy raketasi orqali orbitaga olib chiqilgan. “Roman” teleskopi “Hubble” va “James Webb” bilan bir qatorda NASA’ning asosiy kosmik observatoriyalaridan biriga aylanadi hamda qorong‘i energiya, qorong‘i materiya va Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralarni o‘rganadi. 

“Roman”ning ko‘rish maydoni Hubble’nikiga qaraganda kamida 100 baravar katta bo‘lib, tasvir aniqligi bo‘yicha u bilan tenglasha oladi. Shu tufayli teleskop koinotda keng ko‘lamli kuzatuvlarini olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. NASA “Roman” o‘z faoliyati davomida taxminan bir milliardga yaqin galaktikalar yorug‘ligini o‘lchay olishiga umid qilmoqda.

“Roman”ning asosiy vazifalaridan biri – olimlar koinotning tezlashib borayotgan kengayishini tushuntiruvchi qorong‘i energiyaning tabiatini o‘rganishdir. Zamonaviy baholashlarga ko‘ra, Koinot tarkibining taxminan 68 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq uning tabiati hanuz noma’lum. Bundan tashqari, oxirgi kuzatuvlar qorong‘i energiyaning ta’siri vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Koinotning tezlashib kengayishini yana bir ehtimoliy tushuntirishi – Albert Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi ulkan kosmologik miqyoslarda tortishish kuchini (gravitatsiyani) aniq tasvirlay olmay qolishi bilan bog‘liq. “Roman” ushbu ikki tushuntirishni tekshirish uchun ham mo‘ljallangan.

Buning uchun teleskop bir vaqtning o‘zida bir nechta mustaqil usullarni qo‘llaydi. Xususan, u minglab Ia turdagi yangi yulduzlarni kuzatadi: ularning yorqinligi va ulargacha bo‘lgan masofaga qarab olimlar koinotning kengayish tezligi milliardlab yillar davomida qanday o‘zgarganini tiklashlari mumkin bo‘ladi. “Roman”, shuningdek, millionlab galaktikalargacha bo‘lgan masofani ularning qizil surilishi bo‘yicha o‘lchaydi va ularning joylashuvining uch o‘lchamli xaritasini tuzadi. Bundan tashqari, teleskop kuchsiz gravitatsion linzalanishni – ularning oldida joylashgan materiya ta’sirida olisdagi galaktikalar tasvirining zo‘rg‘a seziladigan egrilanishini tadqiq qiladi. Bu, shuningdek, ko‘rinmas qorong‘i energiya xaritasini tuzishga va koinotning yirik miqyosli tuzilmasi vaqt o‘tishi bilan qanday shakllanganini kuzatishga imkon beradi. Bir nechta usullar olingan natijalarni o‘zaro tekshirish uchun ham zarur.

“Roman”ning ikkinchi yirik vazifasi ekzoplanetalarni qidirish bo‘ladi. Oldingi ko‘plab missiyalardan farqli o‘laroq, teleskop gravitatsion mikrolinzalanish effektidan juda faol foydalanadi. Agar sayyorasi bor yulduz olisdagi boshqa bir yulduz oldidan deyarli aniq o‘tib qolsa, uning tortishish kuchi orqa fondagi yulduz yorug‘ligini qisqa vaqtga kuchaytiradi, sayyoraning mavjudligi esa ushbu yorqinlik o‘zgarishida qo‘shimcha iz qoldiradi. Bunday hodisalar bor-yo‘g‘i bir necha soat davom etishi mumkin, shu sababli ularni Yerdan aniqlash qiyin. “Roman” domiy ravishda taxminan 100 mln yulduzni kuzatib boradi va NASA baholashiga ko‘ra, bu usul orqali 2,5 mingga yaqin sayyoralarni aniqlaydi.

Mikrolinzalanish boshqa keng tarqalgan usullar bilan topish qiyin bo‘lgan planetalarni aniqlashga imkon bergani uchun alohida ahamiyatga ega. Tranzit usuli o‘z yulduziga yaqin joylashgan planetalar uchun eng yaxshi ishlaydi, mikrolinzalanish esa olisdagi olamlarni — Uran va Neptun analogluri, potensial yashash mumkin bo‘lgan hududdagi planetalar va umuman yulduzlar atrofida aylanmaydigan «sargardon-planetalar»ni ham qidirishga imkon beradi. NASA Roman Quyosh tizimidagi deyarli barcha turdagi planetalarning muqobillarini aniqlay olishiga umid qilmoqda.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing