Narpaydagi MTMlar holati o‘rganildi. 2 ta boshqarma xodimi va 9ta MTM mudirasi bo‘shatildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘rganish va metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.

“Samarqand viloyati, Narpay tumani maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi kamchiliklar va boshqa bir qator e’tirozlar haqida OAVda ma’lumot berilgan edi.

Shu munosabat bilan, ma’lum qilamizki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 28 iyundagi 262-X-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 1-3 iyun kunlari Samarqand viloyati Narpay tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari Yuldashev M.A. boshchiligidagi vazirlik xodimlaridan iborat guruh tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, Narpay tumanida 3-6 yoshli bolalar soni 16 145 nafarni tashkil etib, shundan 5 287 nafari (32,7 foiz) 104ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (56ta davlat, 47ta oilaviy va 1ta DXSH asosida nodavlat) qamrab olingan.

Narpay tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish yo‘nalishida.

Ayrim MTTlarda yillik ish reja o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan, aksariyat MTTlarining ish rejalari bir xil mazmunda ishlab chiqilgan hamda yillik ish rejasi ijrosi ta’minlanmagan. Shuningdek, ish reja asosida pedagogik kengashlar o‘tkazilmagan va hokazo.

Moddiy texnika bazasining holati:

Narpay tumanidagi mavjud 56ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 12tasi 2014-2017 yillar davomida investitsiya dasturlari doirasida ta’mirlangan.

2018 yilda Investitsiya dasturi doirasida 3ta MTT (№1,13,65) uchun 6 mlrd. 707 mln. so‘m, “Obod qishloq” dasturi doirasida 2ta MTT (№12,14) uchun 4 mlrd. 227 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, uning hisobiga ushbu MTTlar yangidan qurilib topshirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat sektorini rivojlantirish:

Shuningdek, 2019 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 320 o‘rin bo‘lgan 4ta, 1300 o‘rinli 52ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu qoidabuzarliklarni sodir etgan mas’ul shaxslar lavozimidan ozod etildi.

Ushbu ro‘yxatda Maktabgacha ta’lim hududiy boshqarmasining ikki bo‘lim boshlig‘i, 9ta MTT mudiralari, 6ta xo‘jalik mudirlari bor. Shuningdek, 6 MTT mudiralariga nisbatan oylik maoshning 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand viloyati MTV Narpay tumani

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing