Narpay va Kattaqo‘rg‘on tumanlariga hokimlar tasdiqlandi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2023
4486Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 11 sentyabr kuni Narpay tumanida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, tumanda olib borilayotgan ishlar, sektor rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlari oldida turgan navbatdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Sherzod Rahmonov Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Sherzod Rahmonov 2020 yilning noyabridagi xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida 2017 yildan buyon ushbu vazifani bajarib kelgan Botir Jabborov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Shuningdek, Jamshid Nasriddinov ham Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida deputatlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimini egalladi.
Ma’lumot o‘rnida, Jamshid Nasriddinov 2020 yilning noyabridagi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi