Narxi qancha fohishaxonani, ayting?
Jamiyat
−
17 aprel 2020
52696Fuqaro M.D. o‘zining uyida fohishaxona tashkil qilib, T.X. va T.M.larga pul evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi M.D. yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilgan. T.X. va T.M.larga jinsiy aloqa qilishi uchun 350.000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan. Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida ular qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan.
M.D. jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sifatida sakkiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Z.M. ismli ayol ham xonadonida fohishaxona tashkil qilgani haqida xabar qilgandik.
LiveBarchasi