Nariman Grigoryanning qotili qo‘lga olindi – prokuratura

Jamiyat

image
Nariman Grigoryanning vafoti yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi north_east

Nariman Grigoryanning vafoti yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Joriy yilning 14 yanvar kuni vaqtincha yashagan uyidan jasadi topilgan mashhur dizayner Narimon Grigoryanning qotili aniqlanib, qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi ma’lum qildi.

"Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida N.Alimdjanovning qotili aniqlanib, ayb e’lon qilindi va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi  qo‘llanildi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni soat taxminan 11:50 larda, 1985 yilda tug‘ilgan, “Grigoryan Nariman” XK dizayneri Nariman Fevziyevich Alimdjanovning murdasi, vaqtincha yashab kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasi, 42A-uy, 7-xonadonda qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 14.01.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Narimon Grigoryan

Baholaganlar

1232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar