Nariman Grigoryanning vafoti yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
15 yanvar 2020
71814Avvalroq, toshkentlik taniqli dizayner Nariman Grigoryanning jasadi joriy yilning 14 yanvar kuni qotillik alomatlari bilan Yashnobod tumanidagi ijarada yashab kelayotgan uyi mehmonxonasida topilgan haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan ham tasdiqlandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Nariman Grigoryan uch kun avval o‘ldirib ketilgan. Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiylari tasdiqlamoqda. Dizaynerning Instagram’dagi sahifasiga esa uning jasadi topilishidan ikki kun avval surat joylangan.
Qayd etilishicha, kecha, 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Nariman Grigoryan “Todes” guruhining ilk tarkibi sobiq a’zosi, xalqaro raqs tanlovlarida O‘zbekiston nomidan qatnashadigan yagona hakam edi.
Nariman Grigoryan O‘zbekistonda san’at sohasi vakillari orasida tan olingan va tanilgan dizaynerlardan biri edi. Mamlakatning eng mashhur ayol san’atkorlari dizayner bilan hamkorlik qilib kelgan.
U bir necha bor moda olamidagi mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan. Toshkent NG butiklar tarmog‘iga ham asos solgan.
LiveBarchasi