Napoleonning shlyapasi 2 mln dollarga sotildi
Bu qiziq
−
20 noyabr 2023
4403XIX asrda Fransiyani boshqargan Napoleon Bonapartning qora qunduz terisidan tikilgan shlyapasi auksionda qariyb ikki million yevroga sotildi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.
Unga ko‘ra, Fransiyaning "Drouot" auksion uyida ushbu bosh kiyim uchun 1932 million yevro (2,1 million dollar) taklif etilgan. 2014 yilda shlyapa xuddi shu auksion uyi tomonidan o‘tkazilgan savdoda 1884 million yevroga baholangan edi. Qimmatbaho lotning xaridori haqida ma’lumot berilmagan. Ammo shlyapa oxirgi marta 2022 yilda vafot etgan tadbirkor Jan-Lui Noisiyezga tegishli bo‘lgani haqida dalillar mavjud.
"Yakuniy narx 600 ming yevrodan 800 ming yevrogacha va zaxira narxidan qariyb to‘rt baravar qimmatroqqa chiqdi", degan Parij janubidagi Fonteynda joylashgan auksion uyi rasmiylari.
Rasmiylar Bonapartning 120 dan ortiq xuddi shu turdagi bosh kiyimlariga egalik qilganini aytishgan. Ammo, ulardan faqat bittasi shu kungacha butunligicha saqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Napoleon Bonapart 1769 yil 15 avgustda O‘rta Yer dengizidagi Fransiyaga tegishli Korsika orolidagi Ayachcho shahrida kichik zodagon oilasida tug‘iladi. Napoleonning ajdodlari bu orolga XVI asrda Italiyadan ko‘chib kelishgan.
1802 yilda Napoleon Senatga o‘zini umrbod konsul etib tasdiqlatib oladi. Oradan ikki yil o‘tib 1804 yilda Senat yangi Konstitutsiyani tasdiqlaydi. Unga ko‘ra Fransiya imperiya, Napoleon esa imperator deb e’lon qilinadi. 1804 yil 2 dekabr kuni Napoleonga imperator sifatida toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tadi.