Naoya Inoue koreyalik raqibini nokautga uchratdi

Sport

image

Super yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue koreyalik Yo Jun Kimni mag‘lub etdi va kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Bugun, 24 yanvar kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etilgan boks oqshomi markaziy jangida super yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue koreyalik Yo Jun Kimni 4-raunddayoq nokautga uchratib, g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Naoya barcha kamarlarini yana o‘zida saqlab qoldi. Bu yengilmas bokschining 29-jangidagi 29-g‘alabasi bo‘ldi. G‘alabalarning 26 tasi nokaut evaziga qayd etilgan. Koreyalik bokschi esa faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.  

Ma’lumot o‘rnida, dastlab, Inouening raqibi avstraliyalik bokschi Sem Gudman bo‘lishi kerak edi. 2024 yilning 24 dekabrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang Gudmanning qoshidan olgan jarohati sabab, 2025 yilning 24 yanvariga ko‘chirilgan edi. Ammo u jangga bir necha kun qolganida yana jarohat olganini va bu to‘qnashuvda ishtirok etolmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Naoya Inoue o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishga rozi bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue Yo Jun Kim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing