Namanganning To‘raqo‘rg‘onida ham koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 may 2020
9908Bugun, 30 may kuni soat 9:00 holatiga Namangan viloyatida koronavirus infeksiyaga chalingan bemorlar soni 258 nafarga yetdi. To‘raqo‘rg‘on tumanida yangi ikki holat qayd etildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Bemorlardan biri 1963 yilda tug‘ilgan erkak, ikkinchisi 1992 yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib, har ikki holat ham karantin muassasasida qayd etilgan. To‘raqo‘rg‘onda bugungacha koronavirusga chalinish holati qayd etilmagandi.
Bugun viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 247 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi vafot etgan.
Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 kishi davolanmoqda.
Bugungacha O‘zbekistonda 3488 kishida koronavirus aniqalangandi. Ularning 2728 nafari butunlay sog‘aygan va 14 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi