Namanganning bosh soliqchisi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Shuhratali Toyirovich Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuhratali Imomov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. U soliq xizmatining II darajali maslahatchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Shuhratali Imomov 1977 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasiga 2023 yildan beri Samarqand viloyati soliq boshqarmasini boshqarib kelayotgan Sirojiddin Eshmatov boshliq etib tayinlangandi. Uning o‘rniga esa Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Shuxratali Imomov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing