Namangandan Rossiyaga uchgan samolyot harbiy harakatlar sabab ortga qaytdi
Jamiyat
−
24 fevral 2022 9252 1 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainaga kirishi ortidan Rostov-Don viloyati havo hududi yopilgani “Uzbekistan Airways” kompaniyasi parvozlariga ham ta’sir qildi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Rostov (Rossiya) viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, 24 fevral kuni Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.
“Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga egadirlar.
“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Kiyev Xarkov shaharlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.
Harbiy harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina havo hududi butunlay, Rossiya havo hududi esa qisman (faqat Rostov viloyatida) yopildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr