Namangandagi YTHlarda haydovchi va piyodalar vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida yuz bergan uchta yo‘l-transport hodisasida jami uch kishi halok bo‘ldi. Ularning ikki nafari piyoda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 19:00 larda, Pungon-Pop yo‘lining 32 km.da VAZ-2107 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu kuni soat 20:30 larda Namangan tumani Anjirzor MFY ichki yo‘lida, Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, 24 oktyabr kuni soat 09:00 da vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

24 oktyabr kuni soat 19:30 larda Qandiyon-Kosonsoy yo‘lining 4 km.da VAZ-2106 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan T-40A rusumli tirkamali traktorining orqasiga urilgan.

Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya og‘ir yopiq shikasti, miya komasi tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing