Namangandagi tergov hibsxonasi xodimi ustidan Ombudsmanga arz qilindi

Jamiyat

image

Namangandagi tergov hibsxonasida ishlovchi xodim ustidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga shikoyat kelib tushgani ma’lum qilindi. Bu bo‘yicha Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyev Uychi tumanidagi 6-son Tergov hibsxonasiga borgan vaqtida shikoyat qilingan

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 19 may kuni o‘tkazilgan monitoringda mazkur tergov hibsxonasida mahkum va mahkumalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, dori-darmonlar ta’minoti va boshqa jihatlar o‘rganilgan.

Bildirilishicha, o‘tkazilgan monitoring davomida 9 ta murojaat xati berilgan. 2 nafar murojaatchi Ombudsman mintaqaviy vakilining sud majlisidagi ishtirokini so‘ragan bo‘lsa, bir nafari tergov hibsxonasi xodimi ustidan ruhiy bosim o‘tkazayotgani bo‘yicha shikoyat qilgan. Mazkur murojaat o‘rganilganda ushbu xodimga nisbatan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED 2-son Mintaqaviy Muvofiqlashtiruvchi markazi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur murojaat nazoratga olinib, qolgan 6 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Ombudsman tergov hibsxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing