Namangandagi istrohat bog‘i hududida 15 ming kishini sig‘dira oladigan masjid qurilyapti

Jamiyat

image

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik istirohat bog‘i hududida mahobatli jome’ masjidi qad ko‘tarmoqda. Uning maydoni 20 ming metr kvadratni tashkil etadi. Honaqoh ichida 3500, atrofidagi ochiq namozgohlarni qo‘shib hisoblaganda jami o‘n mingdan ziyod inson ibodat qila oladi. Bugungi kunda qurilishi ishlari 70 foiz yakunlangan.

195 gektarlik maydonni qamrab olgan park bir kunda 15 mingdan ortiq mehmonga xizmat ko‘rsatadi. Avtoturargoh 1300 ta avtomobilni qabul qila oladi.

“Afsonalar vodiysi” tematik parki va attraksionlar 110 ming metr kvadrat hududni egallagan bo‘lib, 16 turdagi zamonaviy attraksionlar va virtual o‘yinlar xonasi, akvaparkda esa 16 ta basseyn xamda 7 turdagi suv attraksionlari mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Savdo-sayilgoh ko‘chasida kafe, restoranlar, texnika, kiyim-poyafzal, erkak-ayollar salonlari, parfimeriya, bijuteriya, suvenir, o‘yinchoqlar va boshqa jami 112 dona do‘konlar mavjud.

 Restoranlarda bir vaqtning o‘zida 800 ta mijozga xizmat ko‘rsatilmoqda.

2400 o‘rinli Amfiteatrda viloyatning turli ko‘ngil-ochar tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Osiyoda yagona bo‘lishi ta’kidlanayotgan ko‘l  o‘rtasida 140 (70x20) m2 musiqali favvora, 3 dona yumaloq  xamda 1 dona ikki yelkanlik kema shaklidagi musiqali favvoralar ko‘zni quvontiradi .

Ko‘l atrofiga manzarali daraxtlar ekilgan xamda axoli xordiq chiqarishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Istirohat bog‘i yashil hududiga 50 turdan ziyod jami 11 ming dona turli manzarali daraxtlar o‘tqazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid namangan

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing