Namanganda ayol maktab o‘qituvchilari bilan janjallashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 aprel kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi 54-maktabda janjal yuzaga kelgan. Bu haqida tuman Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Viloyat IIBga ko‘ra, hodisa joyiga hudud profilaktika inspektori yetib borib, maktab o‘qituvchilari va ayol o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikni bartaraf qilgan va zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirgan. 

Viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat Davlatobod tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilgan.

“Fuqaro Nigoraxon Mamadaliyeva bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan afsusdaligi, ta’lim muassasasi rahbariyati va o‘qituvchilardan uzr so‘ragani, hech qanday adovati yo‘qligi hamda holat kelgusida qayta takrorlanmasligini o‘z tushuntirish xatida keltirganligi bildiriladi”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing