Namanganda zilzila bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 28 dekabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da zilzila sodir bo‘lgan. Epitsentr: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 41,19 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik — 10 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 211 kilometr janubi-sharqda.

Mazkur zilzila respublikaning quyidagi hududlarida sezilgan:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 9 km.
  • Chortoq tumanida 2 ball, 11 km.
  • Kosonsoy tumanida 2 ball, 16 km.

Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr kuni Navoiy va Samarqand viloyatlarida zilzila sodir bo‘lgandi. 14 dekabrda esa Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida sezilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing