Namanganda “Zil” va Nexia to‘qnashdi. 3 kishi qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
16 dekabr 2020
5176Joriy yilning 12 dekabr kuni Namanganda ZIL-130 rusumli yuk mashinasi va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan IIB xabar berdi.
Soat 08:40 larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 64 kmda “Ingichka” MFY hududida 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ZIL-130 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada Nexia rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etgan.
Yana bir nafar yo‘lovchi va haydovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganlar.
Qolgan ikki nafar yo‘lovchi ayollar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi