Namanganda “zapravka”ga kirgan “Jiguli” yonib ketdi
3-sahifa
−
15 may
3804Bugun, 15 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida “Jiguli” avtomobilida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Namangan tuman FVBga soat 19:48 da Namangan tumani “Dehqonobod” MFY hududida joylashgan MCHJga qarashli AGTKSH hududiga gaz quyish uchun kelgan “Jiguli” VAZ 21-06 rusumli avtomobilda AGTKSHning 3-sonli gaz quyish uskunasidan gaz to‘ldirib chiqish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:48 da yetib borib, soat 19:53 da yong‘in-qutqaruvchilar va shoxobcha ishchilari bilan birgalikda yong‘in bartaraf etilgan. Oqibatda avtomobil salonining qismi to‘liq yonib, zararlangan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida fuqarolar kuyib, tan jarohati olish holati kuzatilmagan va shoxobcha binosiga zarar yetmagan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida chiqindi tashish uchun mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobilida yong‘in chiqqan edi. Yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
LiveBarchasi
16 iyul