Namanganda yuk mashinasi butkul yonib ketdi
3-sahifa
−
23 may 2023 7536 1 daqiqa
Namanganda DAF rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 23 may kuni soat 01:06 da Pop tumani “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan DAF rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:47 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va soat 02:00 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahridagi xonadonlardan biri yonib ketgandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust