Namanganda yuk avtomobili yonib ketdi

Jamiyat

image

Namangan shahrida to‘xtab turgan “KamAZ” rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 28 may kuni soat 17:36 larda, Namangan shaxar Hamrox ko‘chasida to‘xtab turgan “KamAZ” rusumli yuk avtomabilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Namangan shahar IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing