Namanganda YTH: Voyaga yetmagan bola ayol hayotiga zomin bo‘ldi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
9384Kecha, 28 iyun kuni soat 12:10 larda Namangan viloyatining Norin tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
O‘quvchi birga yashovchi onasining nomida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, 1976 yilda tug‘ilgan, 1977 yilda tug‘ilgan uch nafar ayollarni urib yuborgan.
Natijada, piyodalar og‘ir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jaroxatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.