Namanganda yer silkinishi qayd etildi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
5646Bugun, 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:03 da (02.02.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 22:03 da) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,09 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 215 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 13 km, 4 ball.