Namanganda yana 7 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan bo‘lib, bir nafari Turkiyadan Namanganga kelgan. Qolganlar esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 25 yoshda..

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 153 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1233 kishini tashkil qilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing