Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan erkak qidirilmoqda (video)
3-sahifa
−
11 aprel 2023
20833Namangan viloyati Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs qidiruvga berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, shaharning O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Sh.U. joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30 larda Bobur bog‘idan voyaga yetmagan qizni uyiga olib borib qo‘yish bilan aldab, noma’lum manzildagi xonadonga olib borgan. Unga zo‘rlik ishlatib, nomusiga tekkan. Sh.U.ning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog‘i va atrof ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo‘rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.U.ni qo‘lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila a’zolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan tashqari, Sh.U. joriy yilning 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida ikki nafar yosh yigitlarni o‘zining yo‘lini to‘sganini bahona qilib, ularni urib voqea joyidan yashiringan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqarolarga o‘rtacha og‘ir tan jarohati va yengil tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchi Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi epilepsiya kasalligi bilan bog‘liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizatsiyalashgan talvasa xurujlari tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo‘limida nazoratda turgan. U muqaddam Jinoyat kodeksining tegishli moddalaridagi bandlar bilan besh marotaba sudlangan.
“Suratdagi fuqaro ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq-tartibot organi xodimlariga xabar berishlarini so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.
LiveBarchasi