Namanganda o‘zbek-tojik chegarasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv joriy yilning 22-27 noyabr kunlari Namanganda o‘tkazildi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti xabar bergan.  

“Muzokaralar chog‘ida demarkatsiya ishlari muhokama qilindi va Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, uchrashuv do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tgan, ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi. Natijada tegishli bayonnoma imzolangan. 

Ma’lumot o‘rnida, ikki davlat o‘rtasidagi davlat chegarasini to‘liq delimitatsiya qilish 2019 yilda yakunlangan. 2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Tojikiston parlamenti ushbu shartnomani 2018 yil 19 aprelda ratifikatsiya qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing