Namanganda o‘smir bola zo‘rlanganmidi? Bosh prokuratura izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi xorijiy OAVda Namanganda 15 yoshli bola zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan bog‘landik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur xabarlarga raddiya berdi.

Prokuraturaning ma’lum qilishicha, 5 may kuni N.Q. Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan ayollar mardikor bozoriga kelib, 8-sinf o‘quvchisi 15 yashar B.E. ismli o‘g‘il bolani 50 ming so‘m evaziga yollagan. Shundan so‘ng, N.Q. bola bilan birga Mirishkor MFYdan o‘qib o‘tuvchi Farg‘ona kanali bo‘ylab,  mardikor bozordan taxminan 3 km masofada joylashgan bug‘doyzorga kirib, bola bilan jinsiy aloqa qilish uchun shimini yechishni taklif qiladi. B.E. uning taklifiga rozi bo‘lmay unga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda N.Q. bolaning boshiga tosh bilan urib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan ketgan.

B.E. teri osti gematomasi, chap ko‘zi ostida qontalash jarohatlar hamda 2 va 4-barmoqlarida qontalash jarohatlari aniqlangan. Shuningdek, bolaga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya gumbazi sinishi tashxisi qo‘yilgan. B.E.ning ahvoli o‘rtacha og‘ir.

Namangan viloyat Ruhiy kasalliklar shifoxonasi ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, N.Q. fikrlari sayozligi, bilish jarayoni pastligi, yurish-turishi, xatti-harakatlari aqli zaiflik fonida “shaxsiyatning psixoseksual buzilishiga” olib kelgan.

Uychi tumani IIB tomonidan 13-may kuni N.Q. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura zo'rlash

Baholaganlar

159

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing