Namanganda o‘quvchi bola YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 yashar bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH joriy yilning 21 oktyabr’ kuni soat 15:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumani “Qumto‘g‘on” MFY Yangiobod ko‘chasida yuz bergan. Shu tumanda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomobilni boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Bola olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 21 oktyabr’ kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing